IELTS

Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni xohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.
Ballar[tahrir]
Testning har bir bo'limi uchun ballar 1 dan 9 gacha bo'lgan shkalada o'lchanadi. So'ng 4 bo'lim bo'yicha o'rta ball hisoblanadi. Eng yuqori ball 9.
- 9 — tajribali foydalanuvchi — ekspert
- 8 — juda yaxshi foydalanuvchi
- 7 — yaxshi foydalanuvchi
- 6 — kompetent foydalanuvchi
- 5 — o'rtacha foydalanuvchi
- 4 — chegaralangan foydalanuvchi
- 3 — nihoyatda chegaralangan foydalanuvchi
- 2 — qisman foydalanuvchi
- 1 — foydalanuvchi emas
Universitetda o'qish uchun IELTS bo'yicha o'rtacha 6.0 balliga ega bo'lish zarur. Agar natija 5.0 yoki 5.5ni tashkil etsa, u holda siz 6.0 ko'rsatkichiga ega bo'lish uchun shu o'quv yurti qoshidagi ko'pi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak bo'ladi (ayrim universitetlar o'rtacha ballarini 6.5 deb e'lon qilishlari mumkin). Shunday qilib, IELTS Academic module bo'yicha o'tish balli 5.0.
TAFE, kollejlar va trening kurslari uchun 5.5 miqdoridagi o'rtacha ball talab etiladi; 4.5 yoki 5.0 natijasiga erishish hollarida siz 5.5 ko'rsatkichiga ega bo'lish uchun shu o'quv yurti qoshidagi ko'pi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak bo'ladi. Demak, talabalik vizasini olish uchun IELTS General Training module bo'yicha o'tish balli 4.5.
0 коммент.:
Отправить комментарий